16 avgust kuni Minsk şahri markazida, Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi qarşisida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoni qöllab-quvvatlovçilar iştirokida miting boşlandi.
Undan avvalroq OAVda uşbu mitingga davlat xizmatçilari, zavodlar işçilari va harbiylar avtobuslar orqali olib kelinayotgani suratlari tarqalgandi.
15 avgust kuni Lukaşenkoning tarafdorlari iştirokida miting ötkazilişi haqida xabarlar tarqalgandi. Tut.by naşrining yozişiça, unda iştirok etiş uçun Belarusning turli hududlaridan davlat xizmatçilari majburan jalb etilgan. Kelişdan boş tortganlarga işdan böşatiş yoki yotoqxonadagi joyidan haydaş bilan tahdid qilingan. Naşrning qayd etişiça, qonun böyiça dam oliş kunlari xodimlarni mitinglarda iştirok etiş yoki ma'lum bir siyosatçini qöllab-quvvatlaşga majbur qiliş mumkin emas.
OAV ma'lumotiga köra, mitingga bir neça ön ming atrofida kişi töplangan. Ularning bir qismi Minskka poyezdlar va avtobuslar orqali regionlardan olib kelingan. Şuningdek, maydonga qişloq xöjaligi texnikalari va harbiy texnikalar joylaştirilgan.
RIA Novosti agentligi ma'lumotiga köra, maydonga dastlab boş vazir Roman Golovçenko, Senat spikeri Natalya Koçanova va prezident administratsiyasi rahbari Igor Sergeyenko kelgan. Köp ötmay prezident korteji ham maydonga kirib kelgan va Aleksandr Lukaşenko yiğilganlar qarşisida nutq sözlagan.
Prezident nutqi avvalida yiğilganlar soni 50 mingga yaqinligini aytdi. Içki işlar vazirligi esa 65 ming, BeLTA rasmiy davlat agentligi 70 ming raqamini keltirdi.
Miting vaqtida olingan suratlarda esa iştirokçilarning haqiqiy sonini çamalaş mumkin:


Lukaşenko mitingda mahalliy vaqt bilan soat 14:00da çiqiş qildi va 90-yillardagi oçlikni va özining jinoyatçilarga qarşi kuraşini esladi.
U yangi saylovlar ötkazilişi ehtimolini yöq deb baholadi va 80 foiz ovozni soxtalaştiriş imkonsizligini aytib, yangi saylovlarni aynan Ğarbdagi kuçlar istayotganini qöşimça qildi.

















