Bugun erta tongdan mamlakat böylab mömin-musulmonlar karantindan keyingi ilk jamoat namozini öqiş uçun jome masjidlarga kelişdi, deb xabar bermoqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Namozxonlar özaro masofani saqlaş, niqoblarni töliq taqiş, qöllariga maxsus suyuqlikni suriş, maxsus dezinfeksiyalovçi qurilmadan ötiş kabi karantin qoidalariga töliq amal qilib, jamoat namozida hozir bölişdi.

 

“Qariyb 5 oydan ortiq vaqt mobaynida namozxonlar jamoat namozini intiqlik bilan kutişgan edi. Şu bois soğingan qalblar masjidlarda taskin, halovat topdi, imom-xatib, qorilarimizning bir-biridan ajoyib Qur'on tilovatiga some bölişdi, bomdod namozini jamoat ixlos bilan ado etişdi.

Jamoat namozlari juda fayzli ötdi. Namozdan söng imom domlalarimiz jamoat bilan birga Alloh taologa köp-köp hamdlar, Payğambarimiz sollollohu alayhi va sallamga davomli salavotlar aytişdi, Yurtboşimiz boşçiligidagi rahbarlarimiz, xalqimiz haqiga duoi xayrlar qilişdi, yurtimiz va butun dunyodan kasalliklarni kötarişi sörab iltijolar qilişdi”, - deyiladi ma'lumotda.