Özbekiston triatlon federatsiyasi va MMA assotsiatsiyasining sobiq rahbari Otabek Umarov 14 avgust kuni asosiy iş faoliyatiga köproq diqqat qaratiş maqsadida uşbu lavozimlarni tark etganini ma'lum qilgan edi. Uning örniga Triatlon federatsiyasiga Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasiga esa mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rais etib saylandi.

Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda bir neça nafar aralaş jang san'ati ustalarining videomurojaati tarqaldi. Unda sportçilar Otabek Umarovdan assotsiatsiya rahbarligini tark etmaslikni söragan. Buning ortidan ayrim manbalarda 17 avgust kuni Milliy olimpiya qömitasida yiğiliş bölib ötgani va Otabek Umarov MMA assotsiatsiyasi rahbarligiga qaytgani haqida xabarlar paydo böldi.

Kun.uz holatga aniqlik kiritiş maqsadida Özbekiston aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi vakillari bilan boğlandi.

Ma'lum bölişiça, haqiqatan ham bugun, 17 avgustda Milliy olimpiya qömitasida Otabek Umarov, MMA assotsiatsiyasining yangi prezidenti Bahodir Qurbonov, sportçilar, murabbiylar va ZOOM dasturi orqali viloyat bölimlari iştirokida uçraşuv bölib ötgan.

Uçraşuvda Otabek Umarov 14 avgustdagi intervyusida ham ta'kidlab ötganidek, Özbekistonda MMA sporti rivojini va assotsiatsiya faoliyatini qöllab-quvvatlaşda davom etişini aytib, jamoa öz oldiga qöygan maqsadlariga Bahodir Qurbonov rahbarligida erişa olişiga işonç bildirgan.

Şuningdek, xabar qilinişiça, MMA assotsiatsiyasi rahbariyatida özgariş röy bermagan – birinçi vitse-prezident sifatida Şerzod Taşmatov, vitse-prezident lavozimida Murod Xontörayev, ijroçi direktor sifatida Zafar Qahramonov faoliyat olib boradi.