Bundan uç oy avval Kun.uz saytida Nurobod tumanidagi «Omondara» past bosimli suv töğonida hosil bölgan yoriq – girdobning aholiga keltirişi mumkin bölgan xavfi haqida maqola e'lon qilingandi.

Samarqand viloyat prokuraturasi uşbu töğon qurilişida qatnaşgan korxonaning mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bermoqda.

«Özmaxsussuvquriliş ixtisoslaşgan kompaniya» DK (hozirgi kunda «Özmaxsussuvquriliş» MÇJ deb nomlanadi) tomonidan Nurobod tumanida joylaşgan «Omondara» past bosimli suv töğoni qurilişida kamçiliklarga yöl qöyilgani uçun «Özmaxsussuvquriliş ixtisoslaşgan kompaniya» DK mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari davomida uşbu qurilişga aloqador bölgan korxonalar mansabdor şaxslari guvoh tariqasida söroq qilingan.

Hozirgi kunda «Omondara» past bosimli suv töğonida amalga oşirilgan quriliş işlari loyiha körsatkiçlariga mos kelişini aniqlaş maqsadida nazorat ölçovi ötkazilmoqda.

Mazkur jinoyat işi yuzasidan Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida aybdor şaxslar doirasi töliq aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilinişi ta'minlanadi», deyiladi prokuratura xabarida.

Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida dastlabki maqola e'lon qilingaç, Suv xöjaligi vazirligi munosabat bildirib, uşbu töğon aholiga xavf solmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Şundan söng masala faqat töğonning aholiga keltirişi mumkin bölgan xavfida emasligi, balki suv ombor qurilişidan közlangan maqsad, isrof bölayotgan suv va loyihaçi, quruvçi, buyurtmaçi, umuman suv omborni topşiriş, qabul qilib olişga mas'ul bölganlar haqida biror fikr bildirilmaganiga doir savollar ham javobsiz qolgandi.