Joriy yilning 14 avgust kuni taxminan soat 18:30da Farğona yöli va Jarqörğon köçalari kesişmasida 28 yoşli M.A. “MAZ” rusumli yuk avtomobilini boşqariş davomida 57 yoşli H.J. boşqaruvidagi, yöl çetida nosozlik sababli töxtab turgan Mazda rusumli avtomobilga kelib urilgan.
Toşkent şahar IIBB xabarida aytilişiça, yuk avtomobili haydovçisining sözlariga köra, YTHga tormoz tizimining işdan çiqqanligi sabab bölgan.
Inersiya böyiça harakatni davom ettirgan yuk avtomobili ağdarilib, svetoforning taqiqlovçi belgisi ostida töxtab turgan 34 yoşli S.A.ning Spark avtomobiliga va 52 yoşli B.X.ning Nexia avtomobiliga urilgan.

YTH natijasida Mazda avtomobili yölovçisi 23 yoşli S.Yu. tan şikastlari bilan şifoxonaga yetkazildi.
“Hurmatli haydovçilar! Eslatib ötamiz, yöl harakati qoidalariga köra, transport vositasi haydovçisi yölga çiqiş oldidan transport vositasining texnik holatini tekşirişi, harakat davomida transport vositasining texnik sozligini ta'minlaşi zarur”, - deyiladi ma'lumotda.












