AQŞ prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan oxirgi hodisalarga ilk bor izoh berdi. Oq uy rahbarining ta'kidlaşiça, Belarusda vaziyat “dahşatli” köriniş olgan va Vaşington mamlakatda yuz berayotgan hodisalar ortidan sinçkovlik bilan kuzatmoqda.

Bu Trampning Belarusdagi vaziyatga birinçi marta izoh berişidir. Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoga qarşi ötayotgan namoyişlar borasida AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo öz fikrini bildirgan. 13 avgustda Pompeo Belarus hukumati xatti-harakatlari va norozilik namoyişlari tarqatilayotgani sababli AQŞ Minskka qarşi sanksiyalar kiritişi mumkinligini aytgan. AQŞ davlat kotibi Belarusda ötgan prezident saylovlarini adolatsiz va erkin bölmagan deb atagan.

Bu orada saylovlarga qöyilmagan Valeriy Tsepkalo 18 avgustda ba'zi amerikalik senatorlar bilan uçraşmoqçiligini va AQŞ kongressida Belarusdagi vaziyat böyiça tinglovlar bölib ötişi mumkinligini ma'lum qilgan.