Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov rahbarligida buxorolik tadbirkorlar va xorijiy investitsiyani jalb qilib barpo etilayotgan «Silk Road Family Resort» dam oliş maskanining dastlabki qismi foydalanişga topşirildi.

16 avgust kuni dam oliş maskanining rasmiy oçiliş marosimi ötkazildi. Tantanali tadbirni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Uluğbek A'zamov, Buxoro va Navoiy viloyati mas'ul rahbarlari oçib berişdi.

Tödaköl qirğoğiga tutaş bölgan 15 gektar maydonda mazkur obektning birinçi bosqiçida 500 nafar, ikkinçi bosqiçida esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qiliş imkoniyati yaratiladi. Bu sayyohlik dam oliş maskani işga tuşgaç, 150 dan ziyod yangi iş örinlari yaratilişi közda tutilgan.
Tödaköl çöl örtasida joylaşgan hudud bölib, u yerga boriş uçun avtomobil yöllari ham ta'mirlanmoqda. Buxoro va Navoiy viloyati hokimi örinbosarlariga savollarimiz infrastruktura haqida böldi.
Ayni paytda Tödakölga Buxoro şahridan Kogon tumani orqali olib boruvçi yöllar ham, Qiziltepa şahrigaça bölgan 26 kilometrlik yöl ham davlat dasturi asosida qayta ta'mirlanmoqda. 2021 yilgaça barça işlar yakunlanadi.


Tödakölda suv kamroq ekan. Buning sababini söraganimizda uning suvidan dalalarni suğorişda foydalanilayotgani aytib ötildi.
Jahon andozalariga mos keluvçi uşbu dam oliş maskani loyihasiga köra, quriliş jarayonlari 2022 yilda yakunlanişi rejalaştirilgan. Tödaköl sohili böyida barpo etilayotgan plyaj, dam oliş va soğlomlaştiriş maskani hamda akvaparkning umumiy loyiha qiymati 6 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.


















