Sönggi yillarda, asosan kuz-qiş mavsumi boşlanişida aholi orasida, ayniqsa tumanlarda maxsus-formali kiyim-boş kiyib yurgan yoki şu kiyimga juda öxşaş kiyimdagi şaxslar özlarini “davlat yonğin nazorati organi xodimi” sifatida taniştirib fuqarolardan yillik 20 000 - 40 000 söm atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal tölov sifatida noqonuniy yiğiş holatlari kuzatilmoqda.

Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, yuqoridagi masalalar böyiça kelib tuşgan murojaatlar örganilganda, uşbu harakatlar turli xil şaklda taşkil etilgan, asosan nomida “yonğin”, “olov”, “qarşi kuraş”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi sözlardan iborat bölgan va yonğinning oldini oliş aks etgan turli xil ramzlar tuşirilgan muhr-ştamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan amalga oşirib kelinayotganligi ma'lum böldi.

Mazkur holat böyiça Adliya vazirligi ayrim şaxslar tomonidan özlarini “davlat yonğin nazorati organlari xodimi” sifatida taniştirgan holda yolğon ma'lumotlar asosida fuqarolardan majburiy tölov tölanişini talab etişi noqonuniyligini ma'lum qilgan.

Fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uçun tölovlarni belgilangan tartibda tölab borişi lozim:

1. Sovuq suv ta'minoti;
2. Issiq suv ta'minoti (köp qavatli uylarda);
3. Elektr ta'minoti;
4. Gaz ta'minoti;
5. Issiqlik ta'minoti (köp qavatli uylarda);
6. Kanalizatsiya (iste'molçi ulangan bölsa);

Ma'lum qilinişiça, yonğin va uning oldini oliş bilan boğliq biron bir tölab borilişi şart bölgan kommunal tölov yoki soliq qonunçilikda mavjud emas.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 209-1-moddasiga köra, formali kiyim-boş kiyib yurişi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va taşkilotlar harbiy xizmatçilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boşini bunday huquqqa ega bölmagan şaxslar tomonidan kiyib yuriş uçun javobgarlik belgilangan.