Bunday paytda kislorod konsentratorlariga bölgan ehtiyoj benihoya ortdi va uni imkon qadar köproq import qiliş, import yölida turgan barça tösiqlarni olib taşlaş kerak bölyapti.
Kuni keça Vazirlar Mahkamasining 474-son qarori bilan hukumatning «Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga özgartirişlar kiritilib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolaşda qöllaniladigan bir qança tibbiy buyumlar va tibbiy texnika turlari, şu jumladan kislorod konsentratorlari röyxatdan ötkazmasdan hamda sertifikatlaştirmasdan import qilinadigan böldi.
Bu juda yaxşi, albatta. Biroq kislorod konsentratorlari importini yanada jadallaştiriş, eng muhimi – çet eldan olib kelinayotgan kislorod konsentratorlarini moddiy imkoniyati yuqori bölmagan aholi uçun imkon qadar arzonlaştiriş yölida yotgan tösiq – bu apparatlarni qöşilgan qiymat soliği hamon saqlanib qolmoqda.
Töğri, kislorod konsentratorlari hozirda samolyotdan tuşgandanoq egalari qöliga ötişi, boşqaça aytganda bojxona rasmiylaştiruvi jarayoni maksimal soddalaştirilişi ta'minlandi. Biroq kislorod konsentratorlarini sotiş – realizatsiya qiliş jarayonida QQSning amalda saqlab qolingani yakuniy iste'molçi – aholining gardaniga ortiqça yuk bölib tuşmoqda. Zero, tadbirkor özining barça xarajatlarni har qanday vaziyatda ham mahsulot narxiga qöşadi. Çunki bu bozor qonuni.
Hozirça kislorod konsentratorlarini qöşilgan qiymat soliğidan ozod qiliş bilan boğliq vaziyat böyiça rasmiy idoralarning munosabati quyidagiça bölmoqda:
Davlat soliq qömitasi masala Moliya vazirligi ixtiyorida demoqda. Moliya vazirligi esa bu SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi taşabbusi bilan amalga oşadigan jarayon ekanini aytmoqda. Agentlik xodimi, öz navbatida, masalaga ular aralaşolmasligini ma'lum qildi.
Moliya vazirligiga yana bir bor murojat etilganda, masalada muammo yöqligini – kislorod konsentratorlari soliqqa tortilmasligini aytdi, biroq tadbirkorlar kislorod konsentratorlari realizatsiya paytida soliqqa tortiş amaliyoti bekor bölmaganini, soliq yuki iste'molçilarga tuşayotganligini aytişmoqda.

















