Muvaffaqiyatsiz murabbiy

Ronald Kuman murabbiylik faoliyatini salkam 20 yil oldin boşlagan bölsa-da, Yevropa miqyosida katta natijalar körsata olmagan. U köpçilik öxşatayotgan Pep Gvardiola bilan şunisi bilan farq qiladi – Pep tajribasiz bölsa-da, özining yangi ğoyalari bilan jamoa boşiga kelgan va ilk urinişdayoq hammasi öxşagandi. Kuman ham Pep kabi şu tizimdan çiqqan mutaxassis, ammo unda murabbiy sifatida özini körsatiş uçun 20 yil vaqt bor edi. Aytiş mumkinki, Kuman agar futbolçi sifatida «Barselona» afsonasi bölmaganida, jamoaga tayinlanmasdi.

Faqat Niderlandiya miqyosidagi sovrinlar, «Valensiya» va «Everton»dagi muvaffaqiyatsizliklar Kumanning yangi jamoadagi avtoritetiga soya solişi mumkin. Hatto Niderlandiya terma jamoasini «tiriltirgani» e'tirof etilayotgan bölsa-da, bu davr van Deyk, Veynaldum, De Yong, Depay kabi futbolçilarning klub miqyosida ham yulduzga aylanayotgan paytlariga töğri keldi.

U köpçilik kutgan xaloskor emas, katta ehtimol bilan Bartomeuning şaxsiy tanlovi, demak, agar ilk oylarda öyin kuçaymasa, futbolçilarda yana işonçsizlik paydo bölişi, murabbiyga yanada qiyin bölişi turgan gap?

Töğri, Kumanning murabbiylik faoliyatidagi yutuqlari u qadar katta emasdir, ammo u birinçidan, «Barselona» afsonasi – şuning özi ham klub içkarisida, futbolçilar va xodimlar oldida uni avtoritetga aylantiradi. Ikkinçidan, u niderlandiyalik, Yoxan Kroyf va Lui van Gaalning şogirdi hisoblanadi – ya'ni, uning ğoyalari «Barselona» qadriyatlari bilan hamohang kelişi, yot unsur bölib qolmasligi hozirdan tuşunarli.

Masalan, Ole Gunnar Sulşer «MYu»ga kelgunça, bir qator muvaffaqiyatsizlikka uçragan murabbiy edi, Frenk Lempard faqat Chempionship tajribasiga ega bölgan, ammo ularning klublardagi e'tibori muhim ahamiyat kasb etdi, hatto yulduz futbolçilar ham ularni avtoritet sifatida qabul qilişda oğrinmadilar. Ya'ni Kumanning futbolçi sifatidagi e'tibori va aynan «Barselona» afsonasi ekani uning boşqa kamçiliklarini yopa oladi.   

Yana bir jihat, top-klublarga top-murabbiylar lozimligi, jamoa muhitidagi murabbiyning avtoriteti haqida gap borganda, doim Messi fenomeni örtaga çiqadi. Göyoki, u «Barselona» yoki Argentina jamoalarining yaşirin «prezidenti», murabbiylardan tortib, asosiy tarkibdagi şeriklarigaça özi tanlaydigandek taassurotlar ham yöq emas.