“Ular portlaşning oldini oliş uçun heç qanday çoralar körişmagan”, deb aytilgan şikoyatda. Advokatning ta'kidlaşiça, prezident va sobiq boş vazir portlaşdan 2 hafta oldin portda xavfli kimyoviy moddalar saqlanayotgani haqida ogohlantirilgan. Biroq şunga qaramay, hukumat bunga qarşi heç qanday çora körmagan.

Bayrutning yarmini vayron qilgan portlaşlar 4 avgustda yuz bergandi. Hukumat portlaşga 6 yil avval bojxona idoralari tomonidan musodara qilingan va portdagi omborlardan birida saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bölganini ma'lum qilgan. 

8 avgustda portlaş ortida Bayrutda hukumatga qarşi norozilik namoyişlari boşlangan. Namoyişçilarning fikriça, aynan mamlakat rahbariyati fojia uçun javobgar hisoblanadi.

Namoyişlar ortida Livan boş vaziri Hasan Diab 10 avgustda özi va hukumatning iste'foga çiqişini e'lon qilgan.