Aleksandr Lukaşenko Belarus yangi hukumati tarkibini tasdiqladi.
Mamlakat prezidenti Roman Golovçenkoni hukumat raisi sifatida qoldirdi. Bunda uning nomzodiga parlament quyi palatasi rozilik berişi kerak.
Hukumatda içki işlar vaziri Yuriy Karayev, soğliqni saqlaş vaziri Vladimir Karanik va axborot vazirligi rahbari Igor Lutskiylar öz lavozimlarini saqlab qolişdi.
Belarus hukumati 3 iyun kuni iste'foga çiqarilgandi. Lukaşenko buni prezident saylovi bilan boğliq ekanini aytdi. Yangi boş vazir sifatida Davlat harbiy-sanoat qömitasi raisi Roman Golovçenko tayinlangandi.
17 avgust kuni Belarus hukumati prezident saylovining ğolibi deb rasman e'lon qilingan Aleksandr Lukaşenko oldida vakolatini topşirdi.













