Joriy yilning 19 avgust kuni Özbekistonning Hindistondagi elçisi Dilşod Axatov Sharda universitetining xalqaro aloqalar böyiça vitse-prezidenti Aşok Daryani bilan uçraşdi.

Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi xabariga köra, Sharda universiteti Hindistonning yetakçi xususiy oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Özbekiston prezidentining 2018 yilda Hindistonga amalga oşirgan taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar doirasida 2019 yil oktabr oyida Andijon şahrida Sharda universiteti filiali öz faoliyatini boşladi. Hozirgi vaqtda mazkur universitetda 200 ga yaqin yoşlar tahsil olmoqda.

Uçraşuv çoğida Andijondagi universitetning bugungi kundagi faoliyati va oldinda turgan rejalar xususida fikr almaşildi.

Xususan, Sharda universiteti vakili yaqin istiqbolda Özbekistonning boşqa hududlarida ham yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş niyatini ma'lum qildi. Bu borada Sharda Hospital köp tarmoqli universitet klinikasi iştirokida respublikadagi tibbiyot oliy öquv yurtlarining biri negizida tegişli klinikani işga tuşiriş böyiça investitsion loyihasini amalga oşiriş masalasi muhokama qilindi.

Aşok Daryani hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini muhokama qiliş maqsadida Sharda universiteti prezidenti Pradip Gupta boşçiligidagi delegatsiyaning joriy yil sentabr oyida Özbekistonga taşrifini amalga oşirişga tayyorligini ma'lum qildi.