Bu haqda Polşaning Enter Air aviakompaniyasi uşbu turdagi samolyotdan 4 tasini sotib oliş böyiça tuzgan şartnomadan ma'lum bölgan.
Bu şartnoma uşbu modeldagi samolyotlar iştirokida yuz bergan ikkita aviahalokatdan keyin uning xaridi böyiça tuzilgan birinçi şartnoma hisoblanadi.
Boeinğda ma'lum qilinişiça, Polşa aviakompaniyasi dastlab 2 ta samolyot xarid qiladi, söngra undan yana 2 ta xarid qilişi mumkin. Şundan keyin aviakompaniyaning 737-8 samolyotlari floti 10 ta laynerga yetadi.
Ekspertlarning ta'kidlaşiça, Boeing özining eng mojaroli samolyoti uçun yaxşigina çegirma berişi mumkin.
Aviahalokatlardan keyin 737 MAX’da aniqlangan bir qator muammolar sababli Boeing mijozlari uşbu modeldagi 400 tadan köproq samolyotga buyurtmalarni bekor qilgan. Ayni vaqtda kompaniya samolyotdagi barça nosozliklarni tuzatganini ta'kidlamoqda.
Enter Air boş direktori Gjyegoj Polaniyeskiyning ta'kidlaşiça, barça muammolar bartaraf etilgaç, 737-8 modeli uzoq yillarga dunyodagi eng yaxşi samolyot bölib qoliş imkoniga ega.
The Wall Street Journal naşri ma'lumotlariga köra, AQŞ rasmiylari 2021 yil fevraligaça samolyotning parvozlariga ruxsat berişi dargumon. Bundan taşqari, boşqa davlatlar parvozlarga ruxsat berişi, uçuvçilarni tayyorlaş va texnik xizmat körsatişga yana köplab oylar ketadi.
2019 yil 29 oktyabrda Jakarta yaqinida va 2019 yil 10 martda Addis-Abebe yaqinida 737 MAX 8 iştirokida aviahalokatlar yuz bergan. Uşbu aviahalokatlarda jami 336 kişi halok bölgan. Şundan keyin halokatlar sabablari örnatilgungaça butun dunyo böylab uşbu samolyotlar parvozlari töxtatilgan.












