Dehqonobod kaliy zavodi 2018—2020-yillardagi faoliyati davomida atrof-muhitga keltirgan zarari uçun qöşimça 855 million 500 ming söm kompensatsiya tölaydigan böldi. 

Qaşqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati xabariga köra, bu haqda tuman ekologiya inspeksiyasi boşliği Öktam Jölliyev ma'lum qildi.
 
Ta'kidlanişiça, prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning 2020-yil 4 iyundagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tekşiriş ötkaziş töğrisidagi qarori qabul qilingan. Şunga köra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining 2020-yil 12-iyun kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tabiatni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalanişga oid qonun va qonunosti hujjatlari talablari ijrosi ta'minlanişi yuzasidan tekşiruv ötkaziş haqida buyruq çiqarilgan. 

Ma'lum qilinişiça, tekşiruv 7 kun davom etgan bölib, 2020 yilning19-25 iyun kunlari ötkazilgan. 

Dehqonobod tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça inspeksiya boşliği Öktam Jölliyevning ma'lumot berişiça, zavod 2018 yilda 10 million 107 ming söm, 2019 yilda 6 million 962 ming söm, 2020 yilning ötgan davri uçun esa 2 million 698 ming söm kompensatsiya tölagan. 

“Endilikda jamiyat şu tölovlarga qöşimça yana 855 million 500 ming söm kompensatsiya tölaydi”, — deydi Öktam Jölliyev.

2010 yil avgust oyida faoliyatini boşlagan “Dehqonobod kaliy zavodi” ötgan ön yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy öğitini eksport qilgan.