Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarining tartibga solish ta'sirni baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6019-sonli farmoniga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha normativ-huquqiy hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligining tartibga solish ta'sirini baholash hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raqobat muhitiga ta'sirini baholashi natijalari asosidagi xulosalari mavjud bo‘lsagina belgilangan tartibda qabul qilinadi:
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalarni belgilash, shuningdek yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni berishni.
Tartibga solish ta'sirini baholashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
qonun hujjatlarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida iqtisodiy asossiz normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishining oldini olish;
normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub'yektlari, fuqarolar va davlat budjeti xarajatlarini kamaytirish;
qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida tadbirkorlik va raqobat muhitiga salbiy ta'sirini baholashni amalga oshirish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish uchun hujjatlar olish tartibini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;















