«Pandemiya tufayli vaqtinça töxtab qolgan korxonalar öz faoliyatini tiklay boşladi. Lekin ular yana töliq quvvatga çiqişi uçun vaqt va rağbat zarur. Prezident Şavkat Mirziyoyevning qator farmonlari va videoselektor yiğilişlarida bu borada aniq vazifalar belgilanib, izçil amalga oşirilmoqda.
Davlat rahbari bugun Toşkent şahrining Bektemir tumaniga safarini boşlab, bu yerda bajarilayotgan işlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişmoqda.
Prezident dastlab «Bektemir metall konstruksiyalari» mas'uliyati çeklangan jamiyat zavodiga bordi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Loyihaning umumiy qiymati 48 million dollar bölib, 2018 yilda işga tuşirilgan. Korxona yiliga 65 ming tonna ruxlangan metall, 1 600 kilometr yöl tösiqlari, 130 ming tonna payvandlangan quvur va 17 ming dona yoritiş ustuni işlab çiqariş quvvatiga ega.
Metall konstruksiyalarini issiq haroratda ruxlaş Italiyaning Bisol S.p.A. uskunasida, xalqaro me'yorlar va sifat standartlari darajasida amalga oşirilmoqda. Bunday mahsulotlar çidamliligi, körimliligi va örnatiş jarayonida qulayligi bilan afzal. Şuningdek, bu yerda Xitoy, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar örnatilgan.
Korxonada jami 375 nafar muhandis va işçi mehnat qilmoqda.
Prezident işlab çiqariş jarayonini közdan keçirib, mutasaddilarga qöşimça körsatmalar berdi.

«Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxşi. Lekin har dam rivojlanişni öylaş kerak. Arzon, xavfsiz va sifatli konstruksiyalar işlab çiqarib, korxonaning quriliş industriyasidagi örnini kengaytiriş zarur. Mahsulot qaçon arzon böladi? Şaroit yaratsak», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bunga erişiş uçun loyihalaştiruvçi guruh tuziş, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya tajribasi asosida korxonani sanoat klasteriga aylantiriş muhimligi ta'kidlandi.
Malakali mutaxassislar tayyorlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Davlat rahbarining Bektemir tumaniga safari davom etmoqda.














