Qirğiziston çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning mamlakatga kiriş tartibini osonlaştirdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib 24.kg sayti xabar bermoqda.

Xabarda keltirilişiça, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 martda çiqargan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Qirğiziston Respublikasi hududiga kirişiga vaqtinça çeklov kiritiş töğrisidagi qaroriga özgartiriş kiritgan.

Özgartirişga muvofiq, karantin qoidalari joriy qilingan şaroitda Qirğizistonga quyidagi toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar kirişi mumkin:

1. Qirğiziston oliy ta'lim muassasalarida tahsil oladigan xorijlik talabalar (öqiş joyidan ma'lumotnoma bilan);

2. Qirğiziston Respublikasida doimiy yaşaş huquqiga ega bölgan fuqaroligi yöq şaxslar;

3. Qirğizistondagi tibbiy muassasalarga davolaniş uçun kelayotgan xorijliklar (hujjatlaştirilgan holda);

4. Qirğizistonga yaqin qarindoşlarning dafn marosimiga kelayotgan xorijliklar (yaqin qarindoşlik haqida hujjat va ölim faktlari hujjat bilan tasdiqlangan bölişi şart).

Bundan taşqari, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi mamlakatda koronavirus tarqalişi bilan boğliq oqibatlarni minimallaştirişga qaratilgan iqtisodiy çora-tadbirlarni amalga oşiriş doirasida çet el fuqarolarining mamlakatga kirib-çiqişini bosqiçma-bosqiç tiklaş töğrisida qaror qabul qilgan.

Şuningdek, yangi qarorda epidemiologik vaziyatning barqarorlaşişiga qarab Soğliqni saqlaş vazirligi har oyda ikki marta – birinçi va ön beşinçi sanalarda fuqarolarining Qirğizistonga kirib-çiqişiga ruxsat beriladigan mamlakatlar röyxatini tasdiqlaşi belgilagan. Ruxsat berilgan davlatlarning fuqarolari Qirğiziston qonunçiligida belgilangan tartibda mamlakat çegarasidan erkin kirib-çiqişi mumkin böladi.