U hozirda sifatli dars berib, ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan öqituvçi ham, faqatgina dars beriş bilan çeklanayotgan öqituvçi ham bir xil miqdorda maoş olayotganiga e'tibor qaratgan.
«Vazirlar Mahkamasining 236-qarori bilan oliy ta'lim muassasalarida pedagoglarning işini baholaş körsatkiçlari belgilangan. Har bir öqituvçi yil davomida 110 ball jamlaşi kerak. Bu öquv maşğulotlari, ilmiy faoliyat, jamoatçilik işlari, ijtimoiy dasturlar, talabalarning tarbiyasi, tögaraklar, tadqiqotlar, innovatsion ğoyalar va boşqalar hisobiga şakllantiriladi.
Ammo hozir öqituvçining dars ötgan soatlari böyiça qaydnomaga qaraladi. Şunçaki kelib-ketib hamma dars soatlarini ötgan bölsa, oyligi beriladi. Dars ötiş barobarida ilmiy iş bilan şuğullangan, xalqaro ilmiy platformalarda maqola çiqargan, tadqiqot olib borgan, mahallalarda ma'ruza öqigan, ilmiy tögarak yuritgan öqituvçi ham xuddi öşa maoşni oladi.
Öqituvçining oylik faoliyatini baholaşda differensial yondaşuv mavjud emas. Hamma bir xil maoş oladi. Şunça işni qilayotgan öqituvçi bilan heç narsa qilmayotganining oyligi bir xil bölgani bois ularda biror işni amalga oşiriş uçun harakat yöq», dedi Ataniyazova Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi davra suhbatida.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, senator öqituvçilarga oylik maoş tölaşda differensial yondaşuvni taklif qildi.
«Öqituvçilarga bir xil maoş beriş kerak emas. Har oy öqituvçiga oyligining 60 foizini beraylik. 40 foiz depozitda saqlanadi. Öquv yili yakunida öqituvçi öz yuklama majburiyatlarini qay darajada bajargani baholanadi. Maqola çiqargani, ilmiy tadqiqot olib borgani, u ötgan fan böyiça talabalaning qançalik yaxşi körsatkiçga ega bölgani (ayrim talabalar yakuniy nazoratlarda öta qoniqarsiz baho olişadi)ga qaraladi. Şularni qay darajada bajarganidan kelib çiqqan holda depozitda saqlanib jamlanib borgan 40 foiz maoşini oladi.
Bu öqituvçiga dars beriş bilan birga samarali ilmiy faoliyat olib boriş uçun motivatsiya beradi», deya Oral Ataniyazovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












