– Öğlim Komiljon Tojiboyev Özbekiston Milliy Universiteti 2-kurs talabasi. Endigina 20 yoşga kirgan öğlimga “Tizimli gemorragik vaskulit, buyrak va terini zararlaşi bilan keçişi, ikkilamçi glomerulonefrit” taşxisi qöyilgan, – söz boşladi bemorning otasi, bökalik Fayzulla Ahmedov.

2018 yilda şu kasallik aniqlandi va juda şiddat bilan rivojlanib ketdi. Turli şifoxonalarda, asosan Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolandik. Bu kasallik içki a'zolarni yemiriş bilan keçarkan. Jigar, qondagi özgarişlardan taşqari eng oğir yuk buyrakka tuşdi va öğlim deyarli bir yildirki gemodializ muolajasisiz yaşolmaydigan bölib qoldi. Buyrakni almaştiriş uçun Akademik Vohidov nomli klinika, Nefrologiya markaziga va qator xususiy şifoxonalarga murojaat qildik.

Ammo ahvoli oğirligi sabab bizdagi heç bir şifoxona bu operatsiyani amalga oşira olmadi. Majburlikdan Hindiston va Turkiyadagi yetakçi klinikalar bilan boğlandik va operatsiya haqida kelişdik. Ammo oilamiz örtahol, zarur mablağni topa olmaymiz.

Majburiyat tufayli öğlim akademik ta'til oldi. Şifoxonada yotganida, döstlari körişga kelganida öğlimning közlarida quvonç bilan birga kuçli mungni ham köraman va heç qayerga siğmay ketaman...

Heç kimning bolasi kasal bölmasin ekan. Zarur bölsa, farzandim uçun nafaqat buyragimni, balki jonimni ham berişga tayyorman. Saxovatli yurtdoşlar – iltimos, öğlimga yordam bering. Bolam soğayib ketsa, butun oilamiz bilan mana şu duogöy xalqimizga xizmat qilib ötamiz, – deydi közida yoş bilan ota.

 Komiljon Tojiboyevga oid ma'lumotlar:

 Özkard: 8600 1309 4793 6177 (Asakabank, öz nomida)

8600 0609 5742 4998 (Xalq banki, onasi Mastura Ahmedova nomida)

Viza: 4097 8201 2020 1287 (otasi Fayzulla Ahmedov nomida)

Sberbank: 4276300019677338 (Ivan Baklanov nomida)

Erkak yiğlamasin. Ayniqsa bolam deb bözlamasin. Fayzulla Ahmedov öğlini elga qöşgan çoğida şunday sinovga duç kelib turibdi. Imkoni borlar ataganlari bilan, yöqlar duolarida Komiljondan yordamlarini ayamasinlar.