AQŞning Florida ştatida tropik kasalliklarga qarşi kuraşiş maqsadida irsiy modifikatsiya qilingan Aedes aegypti turidagi 750 mlnta çivin erkinlikka çiqariladi. Bu haqda Foxnews telekanali xabar berdi.  

Mahalliy rasmiy idoralar çivinlarni 2021 yildan boşlab ikki yil davomida Florida-Kis oroli ustida qöyib yuborilişiga ruxsat bergan. 

Transgen haşarotlar Zika virusi, denge bezgagi, bezgak va sariq isitma taşuvçisi hisoblangan Aedes aegypti turidagi çivinlar köpayişiga qarşi özgartirilgan. Çivinlarning aynan urğoçilari odamlar va hayvonlarni çaqib, şu yöl bilan viruslarni yuqtiradi. Uşbu turdagi çivinlarning erkaklari urğoçilarining köpayişiga yöl qöymaydi. Gap şundaki, mutant çivinlardan urçigan urğoçi çivinlar faqat urğoçilardan iborat nasl beradi va u liçinkaligi vaqtidayoq nobud böladi. Şu tariqa uşbu turdagi çivinlar ança kamayişi mumkin.

Floridada 2009 va 2010 yillarda denge bezgagining avj olişi qayd qilingan. Biroq mutaxassislar uşbu dastur insektitsidlarga çidamli yangi turdagi çivinlar paydo bölişiga olib kelişidan xavotirlanmoqdalar.