Qonunçilik palatasining 2020 yil 21 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlar «Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlari yanada kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonunining loyihasini birinçi öqişda muhokama qildilar.

Parlament quyi palatasida joriy etilgan yangi amaliyotga muvofiq, parlamentda qonunçilik taşabbusi huquqidan foydalanayotgan sub'yekt vakili tegişli mazkur qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qiliş uçun ma'ruza bilan çiqib, uni konseptual jihatdan asoslab berdi hamda deputatlar oldida himoya qildi. Uşbu masala yuzasidan Oliy sud raisining örinbosari B.Isoqov sözga çiqdi.

Ta'kidlanganidek, yer uçastkalarining hokimlar tomonidan olib qöyilişiga taqiq belgilaş, yer uçastkasiga egalik qiliş va undan foydalaniş, şuningdek, yer uçastkasini ijaraga oliş huquqini tugatiş böyiça vakolatlarini çeklaş qonun loyihasi normalarida öz aksini topmoqda.

Şuningdek, loyiha bilan yer uçastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiş vakolati Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga berilyapti.

Korxonalarni (taşkilotlarni) davlat tasarrufidan çiqariş hamda mol-mulkni xususiylaştiriş natijalarining qayta körib çiqilişi va bekor qilinişiga yöl qöyilmasligini nazarda tutuvçi normalar ham qonun loyihasiga kiritilişi nazarda tutilmoqda. 

Şu bilan birga, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi, “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunlari va Yer kodeksiga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.

Deputatlar ta'kidlaşiça, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi mulkdorlar huquqlarini, ularni mulk huquqidan asossiz ravişda mahrum etişdan himoya qiladi. Şuningdek, yer uçastkalari olib qöyilişi munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarining örni (şu jumladan davlat tomonidan) töliq qoplanişi, mulkdorlarning davlatga va uning organlariga bölgan işonçi ortişiga xizmat qiladi.

Qizğin muhokamalardan söng, qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi, deyiladi parlament saytida.