9-sinf bitiruvçilarining hujjatlari kasb.edu.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoniga muvofiq 61 ta kasb-hunar maktabiga qabul davom etmoqda. 30 avgustgaça (şu kuni ham) umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvçilarining hujjatlari onlayn ravişda qabul qilinadi.

Şuningdek, 11-sinf bitiruvçilariga qulaylik yaratiş maqsadida 2020-2021 öquv yili uçun kollej va texnikumlarga 2020 yil 25 avgustdan 25 sentyabrga qadar (25 sentabr kuni ham) abituriyentlarning hujjatlarini onlayn qabul qiliş rejalaştirilgan.

Professional ta'lim muassasalarida taşkil etilgan qabul jarayonlari böyiça fuqarolarga özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob olişlari uçun Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida 71-246-11-92 raqamli Call-markaz taşkil etilgan.

Qayd etilişiça, kollejlarga umumiy örta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvçilari qabul qilinadi va öqiş 2 yilgaça bölgan muddatda kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakllarida davlat buyurtmasi hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Texnikumlar oliy ta'lim muassasalari huzurida taşkil etilgan bölib, ularga ham umumiy örta ta'lim maktablarining 11-sinf bitiruvçilari qabul qilinadi. Öqiş 2 yildan kam bölmagan muddatda kunduzgi, keçki va sirtqi ta'lim şakllarida davlat buyurtmasi hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar öz sohasiga mos bakalavriat ta'lim yönalişlari böyiça imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta'lim muassasalarida 2-kursdan öqişini davom ettiriş huquqiga ega böladi.