Qonunçilik palatasining 2020 yil 21 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida deputatlarning qonunçilik taşabbusi bilan kiritilgan - «Xalq deputatlari kengaşlari faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqildi.
Loyiha bilan xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi faoliyatiga taşkiliy, texnikaviy va boşqa xizmatlar körsatiş vazifasini endilikda xalq deputatlari kengaşi kotibiyati zimmasiga yuklaş nazarda tutilmoqda. Kotibiyat yuridik şaxs hisoblanib, uning faoliyati tegişli mahalliy budjet hisobidan moliyalaştiriladi.
Deputatlarning qayd etişiça, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari faoliyatiga bevosita kömaklaşuvçi tuzilmani taşkil qiliş orqali hokimliklarning apparati zimmasidan öziga xos bölmagan vazifalar soqit qilinadi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuboriladigan böldi.












