«Hozirda mamlakatimiz sanoatida lokalizatsiyalaşgan mahsulot hajmi atigi 4 foizni taşkil etmoqda. Şu bois mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşga doir prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, endi davlat xaridlarida yurtimizda tayyorlangan mahsulotlarga ustuvorlik berilib, işlab çiqariş yanada rağbatlantiriladi. Jumladan, tenderda ikkitadan köp özbekistonlik işlab çiqaruvçi mavjud bölganda, faqat ularning mahsuloti qatnaşadi. Şuningdek, mahalliy mahsulotlarga import tovarlarga nisbatan 15 foizlik narx preferensiyasi beriladi. Bundan buyon budjet hisobidan amalga oşiriladigan barça xaridlarda mahalliy hokimiyat vakillari bevosita iştirok etadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda şu kabi imkoniyatlarni işga solib, lokalizatsiya va kooperatsiyani rivojlantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

«Masalan, avtomobil sanoatida import qilinayotgan 1 ming 712 turdagi butlovçi qismlarni yurtimizda işlab çiqarib, valuta xarajatlarini kamida 150 million dollarga kamaytiriş mumkinligi körsatib ötildi. Uşbu mahsulotlarni özlaştiruvçi hududiy korxonalarni aniqlab, ularda yuqori qöşilgan qiymat yaratiş vazifasi qöyildi. Avtomobillar tannarxini kamaytirib, bozorda raqobatbardoşligini oşiriş zarurligi ta'kidlandi», deyiladi xabarda.

Qişloq xöjaligi uçun kiçik mexanizatsiya, uskuna va ehtiyot qismlar işlab çiqariş uçun talab ham, imkoniyatlar ham yetarli. Masalan, Buxoro, Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Farğona viloyatlaridagi töla quvvatda işlamayotgan korxonalar va servis bazalarida 120 dan ortiq turdagi ehtiyot qismlar işlab çiqariş mumkin. Şuningdek, qişloq xöjaligi texnikalariga sifatli xizmat körsatadigan xususiy servis korxonalari taşkil etiş va uşbu sohada mutaxassis tayyorlaş kerakligi qayd etildi.

Elektr texnikasi, avtomobil sanoati va qişloq xöjaligi örtasida kooperatsiya aloqalarini çuqurlaştiriş masalalari tahlil qilinib, tegişli vazifalar belgilandi.

«Tarmoqlar va hududlar örtasida özaro kooperatsiya bölmas ekan, qöşilgan qiymat zanjirini va yangi industrial taraqqiyotni tasavvur ham qilib bölmaydi», deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.

Yiğilişda tarmoq rahbarlari va viloyat hokimlari hisobot berdi.