Bektemir tumani faollari bilan uçraşuvdan söng davlat rahbari mamlakatimizda işlab çiqarilişi loyihalaştirilgan maxsus avtomobillarni közdan keçirdi.

Özbekiston Prezidentining 2019 yil yanvarda Germaniyaga rasmiy taşrifi çoğida «Özavtosanoat» AJ va «Volkswagen» konserni örtasida hamkorlik şartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini işlab çiqariş rejalaştirilgan. Yetti örinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslaştiriş uçun juda mos keladi. Şuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.

Ma'lumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk maşinalari va maxsus texnikalar işlab çiqarilib, aynan şu yönalişdagi segment böş edi. Qöşni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.

Şu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Škoda va Isuzu liniyasida maxsus maşinalar namunalari tayyorlandi.

Şavkat Mirziyoyev bunday yangi yönaliş import örnini töldiriş va eksportni kengaytirişda muhim ekanini ta'kidlab, kerakli körsatmalar berdi.

Uşbu maşinalar joriy yilning törtinçi çoragida Jizzax avtomobil zavodida yiğila boşlaydi. 2022 yildan işlab çiqarişning töliq siklini özlaştiriş rejalaştirilgan.