«Kommersant'» xabariga köra, platforma Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan işlab çiqiladi. U hukumatga nafaqat muhojirlarning hisobini yuritiş, balki mamlakat böylab köçib yurişini nazorat qiliş imkonini ham beradi.
Platforma davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinadi va muhojirlarga mobil ilova şaklida taqdim etiladi. Ular şaxsiy kabinet orqali davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişadi. Servisdan Rossiya hududida ham, taşqarisida ham foydalaniş mumkin böladi.
Platforma doirasida xorij fuqarolarining umumiy ma'lumotlar bazasi yaratiladi. Idoralar esa xorijliklarga elektron xizmatlarni körsatiş maqsadida axborot almaşiş imkoniyatiga ega bölişadi.
Muhojirlarni monitoring qiliş tizimi ularning Rossiyaga kiriş va çiqiş sanasi, joyi haqidagi ma'lumotga asoslanadi.
Softline kompaniyasining milliy loyihalar böyiça rahbari örinbosari Andrey Şoloxov sözlariga köra, bunday ma'lumotlarni elektron körinişda töplaş dunyo amaliyotida bor narsa. Ammo muhojirlarning mamlakat hududi böylab harakati haqidagi ma'lumotlar xalqaro aktlar nuqtai nazaridan noqonuniy hisoblanadi. Şu tufayli, mutaxassis muhojirlarga gosuslugi.ru sayti va «Mnogofunksionalnyy sentr» (MFs) xizmatlarini qisman oçişni taklif qilmoqda.
Rossiya IIV ma'lumotiga köra, har yili mamlakatga 16,5 – 17 mln muhojir keladi va platforma 2020-2022 yillarga möljallangan davlat migratsiya siyosatini amalga oşiriş uçun yaratilmoqda.
Mehnat resurslarini hisobga oliş va yagona mehnat bozorini şakllantiriş masalasi – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining yönalişlaridan biridir. Ammo uni yaratiş muhojirlarni röyxatga olişning şaffof tizimisiz mumkin emas, deb ta'kidladi «Tsifrovyye protsessy» kompaniyasi rahbari Viktor Smirnov.
Platformaning işga tuşirilişi natijasida davlat xizmatlari portaliga öxşaş servis paydo böladi. U muhojirlarga turli holatlarda qanday yöl tutiş kerakligini eslatadi, masalan, rus tili kurslarini qayerda ötiş mumkinligini, deb qöşimça qildi Smirnov.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, platformani işlab çiqiş va işga tuşiriş uçun kamida 1 yil muddat va 200-500 mln rubl talab qilinadi.













