Pensiya va nafaqalar miqdori 1,1 baravar oşiriladi
Pensiyalar, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,1 baravar oşiriladi.

Şuningdek, 2020 yil 1 sentyabrdan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 söm;
  • yoşga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 söm;
  • bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 söm;
  • zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 söm etib belgilanadi.

Asos: «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni.

Xorazm viloyati va Toşkent şahri örtasida eksport qiluvçilarga temir yöl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz çegirma joriy etiladi
«Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantiriş va uning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga asosan eksport qatnovlarda Xorazm viloyati va Toşkent şahri örtasida eksport qiluvçilarga temir yöl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz çegirma joriy etiladi.

Doimiy propiskaga oid nizom öz kuçini yöqotadi
Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş, propiskadan çiqariş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 320-sonli qaroriga asosan öz kuçini yöqotadi.

Asos: «Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi hukumat