Joriy yilning 22 avgust kunidan abituriyentlarga test sinovlarida iştirok etiş uçun “Abituriyent ruxsatnomasini beriş boşlandi.

Davlat test markazi mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmasligi böyiça masalaga oydinlik kiritdi.

Ular: 

  • test sinovlarisiz töliq kasbiy (ijodiy) imtihon böladigan ta'lim yönalişlariga röyxatdan ötgan abituriyentlarga (ular özlari tanlagan oliy ta'lim muassasalariga murojaat qilişlari kerak);
  • belgilangan tartibda röyxatdan ötgan, lekin test sinovlari uçun tölovni amalga oşirmagan abituriyentlarga;
  • belgilangan tartibda röyxatdan ötgan, lekin keyinçalik tizimdan akkauntini öçirgan abituriyentlarga;
  • tegişli tartibda ta'lim yönalişlarini tanlab röyxatdan ötmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma'lumotlarini kiritgan, lekin ta'lim yönalişlarini tanlab röyxatdan ötmagan);
  • test sinovlarisiz, töğridan-töğri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajariş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning farzandlari).

Eslatib ötamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişlari lozim.

Fuqarolik pasporti bölmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.