Kun.uz muxbiri xabariga köra, koronavirusdan davolanişda qöl keladigan uşbu apparatlar Özbekistonning Olmaota şahridagi boş konsulxonasiga topşirilgan.


Qozoğistondagi «Şuğila» jamoatçilik fondining faoliyati xayriya va ijtimoiy muhim loyihalarga qaratilgan. Fondga 2007 yilda asos solingan va uzoq yildan buyon faoliyat körsatib kelmoqda. Fond asosan xayriya, tibbiyot va ijtimoiy yönalişlarda loyihalarni amalga oşiradi.
Fond 4000 dona kislorod konsentratori xarid qilib, 22 iyuldan boşlab Xitoyning Guangjou şahridan Olmaotaga barçasini paydar-pay keltirgan.


Bu apparatlar turli tadbirkorlar va kompaniyalar, şuningdek Qozoğistonning turli burçaklarida yaşayotgan oddiy odamlar, xorijdagi qozoğistonliklarning (jumladan, talabalar) faol iştiroki tufayli fond tomonidan töplangan mablağ evaziga xarid qilingan. XXRdan yuklarni olib kelişda transport xarajatlarini moliyalaştirişda hukumat ham yordam bergan. Şartnoma imzolaş, yukni jönatiş, apparatni işlab çiqaruvçi zavod bilan işlaşda Qozoğiston tadbirkorlar assotsiatsiyasi — «KAZKA»ning yordami ham beqiyos bölgan.
Koronavirus pandemiyasini birgalikda yengib ötiş, şuningdek yaxşi qöşniçilik va birodarlik munosabatlarini mustahkamlaş maqsadida fond rahbariyati tomonidan Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston xalqlariga 20 donadan kislorod konsentratorlari yordam tariqasida berilişiga qaror qilingan. «Domino Trade» MÇJ, «Vipharm» MÇJ va «Bauten» MÇJ bu borada homiylik yordami körsatişgan.
















