Kun.uz’ning «Erkin suhbat» körsatuvining navbatdagi sonida avtomobillari narxini sun'iy oşirişda ayblanib, faoliyati tekşirilgan «Özavtomotors» kompaniyasi haqida suhbat böldi. Savollarga uşbu tekşiruvni ötkazgan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasi a'zosi Uluğbek Davlatov javob berdi.

«Özavtomotors» qonun buzganmi?

Ta'kidlaş joizki, kompaniya hukumatning tegişli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning davlat reyestriga kiritilgan. Ya'ni «Özavtomotors» qonunan monopolist sanaladi. Şunga qaramay, u narxlarni şakllantiriş jarayonida qonun va tegişli qonun bandlariga amal qilişi lozim. Kompaniya öz-özidan narxni belgilaşi noqonuniy hisoblanadi. Monopolist taşkilot, xöjalik sub'yektlari tomonidan narxni belgilaş tartibi buzilganda, vakolatli davlat organi buni tekşirişga haqli.

Maxsus komissiya qarori qanday qabul qilingan?

Joriy yil 19 avgustda qabul qilgan qömitaning maxsus komissiyasi qarori Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan «Özavtomotors» AJ faoliyatining tekşiruvi natijalariga asoslanadi. Uşbu tekşiruv Vazirlar Mahkamasining tegişli topşiriği asosida ötkazilgan. Uşbu tekşiruv 6 iyun boşlangan va 20 kun davom etgan. Şundan söng, mutaxassislar tomonidan dalolatnoma rasmiylaştirilgan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi boşqarma boşliği Uluğbek Davlatov