Şu yilning 29 iyul kuni Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasiga «Özavtomotors» AJning avtomaşinalar narxi yuzasidan deputatlik sörovi yuborilgan. Sörovga javoban, agentlik tomonidan iş qözğatilgani va kompaniya faoliyati örganib çiqilayotgani ma'lum qilindi. Sörov mualliflari «ÖzLiDep» fraksiyasi a'zolari Nodir Jumayev, Rasul Kuşerbayev hamda Doniyor Ğaniyev deputatlarning maqsadi va kompaniya faoliyati xususida fikr-mulohazalarini Kun.uz'ga bildirişdi.
Deputat, iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayevning ta'kidlaşiça, avto sanoat tarmoğida compliance tizimi joriy etilganda, narxlar böyiça hozirgi vaziyat yuzaga kelmasdi.
«Biz monopoliyaga qarşi kuraş emas, demoqçimasman. Lekin bizning maqsad tabiiy monopoliya işlasin, ammo u ham narxni belgilaşda raqobat mexanizmi, talab va taklif asosida, qiymat qonuni asosida, pul muomalasi qonunini inobatga olişi kerak.
Davlat rahbarimiz ham uşbu tizimni joriy etiş vaqti kelganini aytdi. Mamlakatimiz xalqaro biror iqtisodiy taşkilotga a'zo böliş masalasini körganda, u YeOII böladimi, JSTmi, umuman boşqa yönalişdagi taşkilotmi, ertaga talablar bir xil bölib, raqobatni kötara olmay qolamiz. Negaki, transmilliy korporatsiyalar narx siyosatini bir xil yuritişi lozim. Çegaralar oçilganda, bunga majbur bölamiz.
Compliance nima özi? Inglizça u «muvofiqlik, muvofiq keliş» ma'nosini anglatadi. Demak, raqobat muhitini soğlomlaştiriş, risklarni kamaytiriş, yuzaga kelişi mumkin bölgan xatarlarni oldini oliş uçun örnatilgan tartibga rioya etib işlaş kerak, harakatlar şunga muvofiq kelişi kerak», — deydi Jumayev.
Deputatlar suhbat davomida UzAutoMotors tomonidan yillar davomida iste'molçilar huquqlari, Özbekiston qonunlari talablari buzib kelinayotganini tanqid qilişdi.
UzAuto Motors Rasul Kuşerbayev ustidan parlamentga arz qildi
Deputat Doniyor Ğaniyevga köra, sörov natijasida, agar Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömita örganişlari kutilgan tahlillarni tasdiqlasa, ya'ni «Özavtomotors» tomonidan narxlaş siyosati asossiz amalga oşirilayotgan, iste'molçilarni huquqlarini buzilişi qöpol tarzda aks etayotgan bölsa, tegişli tarzda qömita xulosasini taqdim etgan holda ularga nisbatan çora körilişi kerak.











