«Pandemiya boşlangan dastlabki davrda barça joylarda dezinfeksion vosita sepuvçi maxsus yölaklar qöyib taşlandi. Ba'zi hokimiyatlar tomonidan maktablarning kiriş joylariga ham şu turdagi yölaklar örnatilgan edi.

Ammo hozir bularning barçasi olib taşlandi. Maktabning oldida heç qanday dezinfeksion yölak bölişi kerak emas. Maktab direktorlari ham, hokimliklar ham bu yölaklarni örnatişi, ularga xarajat qilişi mutlaqo kerak emas», dedi vazir AOKAdagi matbuot anjumanida.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktor örinbosari Bahrom Almatov maktablarning xlorli vositalar bilan tozalanişi öquvçilar salomatligiga salbiy ta'sir körsatmasligini qayd etib ötdi.

«Xlorli dezinfeksiyalovçi vositalar yaxşi samara bergani, işlatişga qulayligi bois jamoat joylarini zararsizlantirişda işlatib kelinmoqda.

Xlor bilan oçiq yuzalarni zararsizlantirişda 0,3 foiz konsentratsiyadagi eritma qöllanadi. Bunday foizli eritma salbiy ta'sir körsatmaydi, 20 daqiqadan keyin xonada hidi ham qolmaydi. Zaharlanişga olib keladigan darajadagi xlorli birikmalar qöllanmaydi», deya Almatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.