Nima böldi
Bu safar barçasi jiddiy köriniş olgan. Dastlab TyC Spors naşri, «Barselona» futbolçisi Lionel Messi klub bilan şartnomasini bekor qilişga qaror qilgani haqida yozdi. Manba ma'lumotiga köra, 33 yoşli futbolçi klubga faks orqali özining ketiş istagini bildirib, sörov yuborgan. Bu safar forvard kataloniyaliklar jamoasi safini tark etişga qat'iy qaror qilgan va şartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilmoqçi.
Messi şartnomada belgilangan maxsus banddan foydalanmoqçi, unga köra futbolçi istalgan mavsum yakunida «Barselona» bilan şartnomani bekor qiliş huquqiga egaligi belgilangan.
«Barselona»ning reaksiyasi
Köp ötmay AP naşri «Barselona» Messi rahbariyatga klubni tark etiş istagi haqida ma'lum qilganini tasdiqladi. Ammo klub rahbariyati argentinalik futbolçini fikridan qaytişga köndiriş niyatida. Onda Cero ma'lumotiga köra, klub uşbu masalani muhokama qiliş uçun direktorlar kengaşining şoşilinç yiğilişini çaqirgan. «Barselona»dagilar jamoa sardori klubni erkin agent maqomida tark etişini istaşmayapti.
Lekin bu masalada çigallik bor, şartnomaga köra Leo kelişuvni 2020 yil iyuliga qadar buzişi mumkin bölgan. Ammo mavsum yakuni koronavirus tufayli ortga surilgan, şu tufayli Messi uşbu punktni hozir işga tuşirmoqçi.
Jamoatçilik reaksiyasi
«Barselona»ning sobiq futbolçisi Karles Puyol Messi haqidagi xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
«Hurmatim va hayratim, Leo. Seni töliq qöllab-quvvatlayman», — deya yozgan Puyol tvitterdagi sahifasida.
Respeto y admiración, Leo. Todo mi apoyo, amigo.
— Carles Puyol (@Carles5puyol) August 25, 2020
Uning tvitiga Luis Suares qarsaklar belgisi bilan javob yozgan.
Kataloniya prezidenti ham Messi bilan xayrlaşgan.
«Kataloniya hamişa sening uying bölib qoladi. Baxtiyor damlar va aql bovar qilmas öyinlar uçun katta rahmat. Olijanob sportçi va dunyodagi eng buyuk futbolçi», deya yozgan u.
Angliyalik sobiq futbolçi Gari Lineker Messining «Barselona»dan ketiş qarorini quyidagiça izohladi.












