Prezidentning “2020-2022 yillarda Namangan viloyati Çortoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş orqali kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagi asosiy ustuvor yönalişlarni nazarda tutuvçi Namangan viloyatining Çortoq tumanini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş orqali kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

aholi bandligi darajasini oşiriş hamda işsizlik darajasini pasaytiriş maqsadida tadbirkorlikni rivojlantiriş, sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi tarmoqlarini jadal rivojlantiriş;

muhandislik-kommunikatsiya, xususan içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini quriş, avtomobil yöllari va içki köçalar holatini yaxşilaş, şuningdek köp xonadonli uy-joylar quriş;

ijtimoiy soha muassasalarini zamonaviylaştiriş, ularni zarur jihozlar bilan ta'minlaş, mutaxassislar malakasini va xizmat körsatiş madaniyatini oşiriş hamda bu sohada xususiy sektor uluşini köpaytiriş;

suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş va foydalanişdan çiqqan yerlarni özlaştiriş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni jadal rivojlantiriş.

Quyidagilar:

2020-2022 yillarda Namangan viloyati Çortoq tumanida qiymati 1,1 trln. sömga teng 70 ta sanoat, 73 ta xizmat körsatiş va 86 ta qişloq xöjaligi sohasi hamda ularda 5 mingga yaqin iş örinlarining yaratilişini közda tutuvçi investitsiya loyihalarining manzilli röyxati;

2020-2022 yillarda Namangan viloyati Çortoq tumanida yöl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş dasturining manzilli röyxati;

2020-2022 yillarda Namangan viloyati Çortoq tumanida maktabgaça ta'lim yoşidagi bolalar qamrovini 65,6 foizga yetkaziş maqsadida 15 ta maktabgaça ta'lim muassasasini, qöşimça 1200 ta öquvçi örni yaratiş hisobiga navbatlilik koeffitsiyentini 1,2 ga pasaytiriş uçun 12 ta umumiy örta ta'lim maktablarini, aholiga xizmat körsatiş quvvati va sifatini oşiriş uçun 12 ta soğliqni saqlaş muassasalarini hamda 6 ta boşqa ijtimoiy soha obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va kapital ta'mirlaş böyiça loyihalarning manzilli röyxati;

2020-2022 yillarda Namangan viloyati Çortoq tumani Sarkor, Mustaqillik, A.Navoiy, Döstlik, Zafar Diyor va Obod Diyor MFYda 3 ming 109 ta xonadonga möljallangan 50 ta köp kvartirali uy-joylar qurilişining asosiy körsatkiçlari;