Bugun, 27 avgust kuni  AOKAda taşkil etilgan matbuot anjumanida Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti markaz boşliği Baxtiyor Mustafoyev Özbekistonning Markaziy Osiyodagi savdo aylanmasi haqida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanişiça, Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi misli körilmagan darajada ösgan. Savdo aylanmasi 2017 yilda 2,4 milliard dollarni taşkil qilgan bölsa, 2019 yil yakuniga kelib, 5,2 milliard dollarga yetgan. Qisqa ikki yil içida ösiş 150 foizni taşkil etgan.

Qöşni Tojikiston bilan Özbekiston savdo aylanmasi 2019 yilda 2018 yildagiga nisbatan 23,4 foizga köpayib, 480 million dollarni taşkil qilgan. 2017 yil bilan taqqoslanadigan bölsa, bu ösiş 200 foizni taşkil qilgan. Turkmaniston bilan savdo aylanmasi esa 2019 yil yakunida 540 million dollarni taşkil qilgan. Ösiş 2017 yilga nisbatan 300 fozini taşkil etadi.

“Bu savdo aylanmasi  faqat import, eksport emas, balki multiplikativ, ya'ni yangi iş örinlari, infratuzilmalar taşkil qilinişi bölib, bu öz navbatida aholi turmuş tarzining ösişini ta'minlab beradi. Özbekistonning sönggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan siyosatini juda köp ekspertlar, xalqaro taşkilot rahbarlari e'tirof etişmoqda”,- dedi Baxtiyor Mustafoyev.

Qayd etilişiça, mintaqaning investitsion jozibadorligi ham 2017 yilga nisbatan 32 foizga ösgan. Ya'ni 2017 yilda mintaqaga jami jalb qilingan investitsiyalar 24 milliard dollarni taşkil etgan bölsa, 2019 yil yakunida bu körsatkiç 35, 9 milliardga yetgan.

Mustafoyev çegaralarninng oçilişi mintaqalar örtasidagi turizmning rivojlanişiga turtki bölganini ham aytib ötdi. Masalan, 2017 yilda mintaqaga taşrif buyurgan turistlar soni 19,5 million kişini taşkil qilgan bölsa, 2019 yilda bu raqam 25, 4 millionga yetgan.