Özbekiston – Markaziy Osiyoning qoq örtasida joylaşgan, eng yirik inson salohiyati hamda barça mintaqa mamlakatlari bilan umumiy çegaraga ega yagona davlat. Ammo 2005 yildan keyingi davrda avval Turkmaniston, keyin Qirğiziston va Tojikiston bilan aloqalari sovuqlaşgan Özbekiston özini özi ajratib qöyuvçi siyosat yuritdi.

Mintaqada işonçsizlik kayfiyati nihoyatda keskinlaşib ketdi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham çeklangan edi.

Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgaç, Özbekiston qöşni davlatlar bilan munosabatlarni normallaştirişga kirişdi. Bir neça yildan buyon harakatsiz turgan çegara postlari gavjumlaşdi. Tez orada Qirğizistonga hatto ID-karta bilan ham kirib-çiqiş mumkin böladi.

Özbekiston hozirda mintaqa integratsiyasining faol tarafdori bölib turibdi. Bu yölda bir neça yildan beri Tojikiston va Qirğiziston bilan aloqalar sovuqlaşişiga sabab bölayotgan çegara muammosi ham deyarli hal etildi.

Xöş, sönggi yillarda Özbekiston taşqi siyosatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va umumiy taşqi savdo yönalişida qanday işlar amalga oşirildi?

Taşqi savdo aylanmasi 3 barobarga oşdi

Özbekiston taşqi siyosat vektorining birinçi navbatda, eng yaqin qöşnilar – Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan özaro manfaatli aloqalarni örnatişga qarab yönaltirilgani bu sohadagi özgarişlarning eng muvaffaqiyatli jihatlaridan biridir. Çegarani kesib ötiş tartib-taomillari tubdan soddalaştirildi – çegaradoş tumanlar aholisi erkin muloqot qiliş imkoniyatiga ega böldi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan transport aloqasi darajasi sezilarli darajada oşirildi, xususan, avtobus qatnovi tiklandi.

Şuningdek, özaro manfaatli iqtisodiy va savdo aloqalarini jadal oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Savdo tartib-taomillari ança soddalaştirildi, tovarlarning çegaradan ötişi erkinlaşdi. Özaro investitsiyalar uçun yöl oçildi. Bularning barçasi Özbekiston bilan mintaqa mamlakatlari örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmini bir neça baravar oşirişga imkon yaratdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlarining tahlillariga köra, Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo hajmi oxirgi 6 yil içida 3 baravar oşib, 2016 yildagi 2,5 mlrd dollardan 2022 yilda 7,5 mlrd dollarga