Turinning «Yuventus» klubi futbolçisi Kriştianu Ronaldu instagramdagi sahifasida jamoa muxlislariga murojaat qildi va yangi mavsumga tayyorgarlik haqida ta'sirli sözlarni yozdi.

«Byankoneri» bilan yangi, uçinçi mavsumga tayyorlanar ekanman kayfiyatim, iştiyoqim har doimgidan baland ekanini his qilmoqdaman. «Yuventus»dagilar va jamoadoşlarim bilan Italiyani, Yevropa va dunyoni zabt etiş yölida işlaşda davom etamiz.

Rekordlarni yangilaş, sovrinlarni yutiş, har doimgidan yaxşiroq bölişga intilişda, oldimda muammolar çiqsa ham, barçasiga ulgurişga harakat qilişda davom etaman.

Har yangi yil muxlislarni xursand qiliş va yangi sarguzaştlar uçun imkon degani. «Yuventus» tarixining bir qismi böliş, unda öz nomimni yozişda davom etaman. Biz – «Yuventus»miz! Biz – çempionlarmiz! Biz kuçliroq bölib qaytdik. Öz kuçimizga işonamiz. Biz birgamiz, oxirigaça», deb yozdi Ronaldu instagramdagi sahifasida.