Uning örniga ijtimoiy tarmoqning AQŞ böyiça boş menejyeri Vanessa Pappas vaqtinça tayinlandi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu iste'fo TikTok’ga egalik qiluvçi ByteDance kompaniyasi uçun murakkab vaqtda yuz berdi. Hozirda Xitoy kompaniyasi AQŞ va Hindiston hukumatlarini TikTok’ning xavfsiz ekaniga işontirişga urinmoqda.

“Oxirgi haftalarda kompaniya atrofidagi siyosiy vaziyat keskin özgardi. Men qanday tarkibiy özgarişlar zarurligi va ular kompaniyadagi rolim uçun nimani anglatişi haqida öylab kördim. Buning ortida men kompaniyani tark etişga qaror qildim”, deyilgan Mayyerning xodimlarga maktubida.

ByteDance asosçisi va boş direktori Çjan Imingning ta'kidlaşiça, kompaniya butun dunyoda, ayniqsa AQŞ va Hindistonda duç kelgan muammolarni iloji boriça tezroq hal qilişga harakat qilmoqda.

Avgust boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp TikTok’ning AQŞ kompaniyasiga sotilişini talab qilgan. Keyinroq Tramp ByteDance va Tencent kompaniyalari bilan bitimlarni töxtatiş uçun 45 kun muxlat beriluvçi farmonni imzolagan. ByteDance AQŞ prezidentining bu xatti-harakatlariga qarşi Oq uy ma'muriyatini sudga berdi.