Oliy öquv yurtlari qoşida inkubatsion markazlarini oçişdan asosiy maqsad — bu iqtidorli yoşlar orasida yaratilayotgan innovatsion markazlar soni va sifatini oşiriş. Öz navbatida, inkubatsion markaz asl ilmiy-texnik ğoyalarni amalga tatbiq etiş, kiçik innovatsion loyihalar böyiça faoliyatini samarali yuritişi uçun talabalarga zarur şart-şaroitlar yaratadi.
Yaqinda 9 ta OTM vakili IT Park tomonidan oliy öquv yurtlari qoşida oçilgan inkubatsion markazlari koordinatorlarini öqitişning dastlabki oqimida iştirok etişdi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toşkent şahridagi Amiti universiteti
- Toşkent şahridagi Turin Politexnika universiteti
- Toşkentdagi xalqaro Vestminster universiteti
- Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti
- Toşkent şahridagi G.V.Plexanov nomidagi RIU filiali
- Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toşkent moliya instituti
- Özbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Öquv jarayonida koordinatorlar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, turli startap tadbirlarini töğri taşkil etiş va yuritiş, markaz binosi va manbalarini töğri muvofiqlaştiriş, startaplar bazasi bilan işlaş, startap loyihalari böyiça körsatmalar beriş, IT instrumentlaridan foydalaniş va boşqalar böyiça tahsil olişdi.
Inkubatsion markazlarning uzoq muddatli maqsadlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş;
- Özbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantiriş;
- innovatsion yönalişdagi kiçik biznesni rivojlantiriş, talabalarga loyihalar böyiça faoliyat yuritişi uçun qulay şart-şaroitlarni ta'minlaş;
- talabalar va tajribali mutaxassislar örtasidagi özaro munosabatni yölga qöyiş;
- yangi iş örinlari yaratiş.
Inkubatsion markaz talabalarga innovatsion dasturlaşni ğoyadan to işlab çiqariş va ilk muvaffaqiyatli sotişgaça bölgan jarayonni tijoriylaştirişga möljallangan.
Tez kunlarda oliy öquv yurtlari jamiyat uçun foydali va qiziqarli bölgan innovatsion loyihalar körinişida öz natijasini beradigan dastlabki talabalar inkubatsion markazlari işga tuşadi. ilk dasturlar onlayn tartibda ötkazilişi közda tutilgan.













