Yaponiya iste'molçilar işlari böyiça boşqarmasi koronavirus yuqişining oldini oliş maqsadida böyinga taqib yuriladigan "virus blokiratori"ni samarasiz deb topdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Boşqarmaning qayd etişiça, blokiratorning samarasi haqidagi ta'kidlar heç qanday asosga ega emas.
Bu yerda gap birinçi navbatda TOA Industry Co.,Ltd kompaniyasi mahsuloti töğrisida bormoqda. Kompaniya fevral oyida öz saytida koronavirus yuqişining oldini oluvçi blokiratori haqida ma'lumot joylagandi.
Boşqarma blokiratorning samarali ekanligi töğrisidagi ma'lumot iste'molçilarni çalğitadi degan xulosaga keldi va uşbu ma'lumotni saytdan olib taşlaşni söradi.
Kompaniya "rasmiy jarayonlar orqali adolatga erişişi" haqida bayonot bergan.













