Unga köra hukumatni boş vazir Husayn Arnus boşqaradi. U sobiq boş vazir Imod Hamisning iste'fosidan keyin, 11 iyundan buyon Vazirlar Mahkamasini vaqtinçalik boşqarayotgandi.

Boş vazir örinbosari - mudofaa vaziri Ali Ayub, boş vazir örinbosari - taşqi işlar vaziri Volid Muallim, şuningdek, içki işlar vaziri Muhammad Rahmon ham öz lavozimlarini saqlab qolişgan.

Yangilangan hukumatda Suriya moliya vaziri özgargan - bu lavozimni Kenan Yagi egallagan. Qişloq xöjaligi vazirligiga Muhammad Katnan, neft va mineral resurslar vaziri lavozimini Bassam Tuome egallagan. Şuningdek, mamlakat sanoat vazirligi rahbarligiga Ziyod Sabboğ tayinlangan.

Suriya hukumatidan jami 29 vazir örin olgan — şundan ikki nafari ayollar. Ular madaniyat vazirligi hamda ijtimoiy işlar va mehnat vazirligiga rahbarlik qilişadi.

19 iyul kuni Suriyada parlament saylovlari bölib ötgandi. Unda «Baas» partiyasi yetakçiligidagi «Milliy taraqqiyot fronti» koalitsiyasi ğalaba qozondi. Saylov natijalariga köra, koalitsiya parlamentdagi 250 örindan 177tasiga ega çiqdi.