22 avgust kuni Kun.uz saytida «Turmuş qurganimdan beri erimdan kaltak yeyman. Ajraşmoqçi böldim, ammo...» – Bir ayol hikoyasi» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingandi. Unda samarqandlik bir ayol taqdiri hikoya qilingandi. Ayolga turmuş örtoği tomonidan doimiy ravişda jismoniy tazyiqlar ötkazilib kelingan. Bunga erining muttasil içkilikka berilib ketgani sabab bölgan. Oiladagi iqtisodiy qiyinçiliklar ham örtada janjallarni keltirib çiqargan.

Uşbu maqola çop etilgaç, Samarqand viloyati IIB masalaga e'tibor qaratib, oiladagi muammoni örganişga kirişdi. Xabar berilişiça, haqiqatan ham Qöşrabot tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro R.E. turmuş örtoği O.E.ga jismoniy, ruhiy tazyiqlar ötkazib kelgan va ular mahallada “notinç oila” sifatida röyxatda turişgan.

Ma'lum qilinişiça, Qöşrabot tumani IIB boşliğining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari böyiça örinbosari, mayor S. Fozilov, Qöşrabot tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining 1-örinbosari S. Mahmudova va xududiy profilaktika inspektori, leytenant B. Norqulov iştirokida  O.E.ga SV-№0000182 raqamli himoya orderi berildi.

O.E va R.E.larga himoya orderi haqida kerakli tuşunçalar berildi. O.E.ga yaşaş hududidan mahalla mutaxassisi murabbiy etib biriktirildi. R.E. Samarqand viloyati Narkologiya dispanseriga öz xohişi bilan davolaniş uçun joylaştirildi.

Hozirgi kunda O.E.ga tuman hokimiyati bilan hamkorlikda “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida doimiy daromadga ega bölişga şaroit yaratiş maqsadida zamonaviy tikuv maşinasi olib beriş çorasi körilmoqda.

 Muhabbat Ma'mirova.