«Yaqin haftalarda Moskvada uçraşuv ötkazişga kelişib olindi», — deyilgan xabarda.

Putin Lukaşenkoni tuğilgan kuni bilan tabriklagan. Qayd etilişiça, muloqot çoğida «Rossiya-Belarus hamkorligini yanada mustahkamlaş va barça sohalarda özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş» masalasida kelişib olingan.

Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov «RIA Novosti»ga xabar qilişiça, prezidentlarning Moskvadagi uçraşuvining aniq sanasi hali belgilanmagan. Lukaşenkoning matbuot kotibi Belarus prezidenti «yaqin vaqtlar içida Moskvaga safar qilişi» haqida xabar qilgan.

Avvalroq Kremldagilar Putin Minskka safar qilişni rejalaştirmayotganini ma'lum qilgandi.

  • RBK naşrining qayd etişiça, bu Putin va Lukaşenkoning Belarusda prezidentlik saylovlaridan keyin boşlangan namoyişlar davridagi beşinçi telefon muloqoti böldi. Putin 9 avgust kuni Lukaşenkoni prezidentlik saylovida ğolib çiqqani (Belarus MSK ma'lumotiga köra, Lukaşenko 80 foizdan köproq ovoz olgan) bilan tabriklagandi. Keyinroq ikki siyosatçi ommaviy namoyişlar masalasini muhokama qilişgan, taşqi tahdid yuzaga kelgan taqdirda birgalikda harakatlaniş böyiça bir töxtamga kelişgandi. Şuningdek, Putin va Lukaşenko belaruslar Rossiyaning koronavirusga qarşi vaksinasi sinovida iştirok etişi böyiça kelişib olişgandi.