Ma'lum qilinişiça, OTMlar vakillari test sinovlarini taşkil etiş va ötkaziş jarayonlarida bevosita iştirok etmaydi, ammo rektorlar özi rahbarlik qilayotgan OTMni tanlagan abituriyentlarga murojaat yöllab, «ular bilan muloqotni yölga qöymoqda».

«Abituriyent röyxatdan ötişda körsatgan telefon raqamiga SMS-xabarnomalari jönatilib, rektor murojaati manzili körsatiladi. E'tiborli jihati, abituriyent havola orqali kirib, özining pasport seriyasi va raqami yoki röyxatdan ötişda qayd etilgan telefon raqamini kiritsa, rektorning şaxsan abituriyent nomiga yöllangan murojaati oçiladi.

Murojaatda imtihonlar boşlaniş kuni, özi topşirgan yönalişga röyxatdan ötgan talabalar soni, abituriyent ruxsatnomasini oliş böyiça körsatma, universitetga taalluqli qabul yangiliklarini oliş mumkin bölgan internet manzillari hamda savollar tuğilganda murojaat qiliş mumkin bölgan telefon raqamlari va bot manzillari kiritilgan», – deyiladi xabarda.

– Hozirda 57 399 nafar abituriyentning telefon raqamlariga SMS xabarnoma orqali murojaatimni öqiş mumkin bölgan havolani yubordik. Bundan taşqari internet sifati past bölgan hududlar aniqlanib, şu hududda yaşovçi abituriyentlarga telefon orqali kerakli ma'lumotlar berib boramiz. Umuman olganda, bironta ham abituriyent uşbu ma'lumotlardan bexabar qolib ketmasligini ta'minlaymiz, – degan Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldaşev.