Şotlandiyadagi Scottish National Texel Sale auksionida qöçqor 367,5 ming funt (qariyb 490,6 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda Independent naşri xabar berdi.
Naşrning ma'lumot berişiça, Double Diamond ("Qöşaloq olmos") laqabli qöçqor teksel zotiga mansub. Uning boşlanğiç narxi 10,5 ming funt (14 ming dollarga yaqin) bölgan.
Uç nafar xaridor tomonidan taklif etilgan yakuniy narx dunyo rekordi böldi. Avvalgi rekord Şotlandiyaning Lanark şahrida 2009 yilda örnatilgandi. Öşanda dunyodagi eng qimmat qöçqor 231 ming funtga sotilgan.
Teksel zotiga mansub qöçqorlar Buyuk Britaniyada asosan a'lo sifatli göşti uçun yetiştiriladi. Aynan şu bois ularning narxi juda yuqori hisoblanadi.












