Hindistonning Reliance Industries riteyleri boşqa bir hind kompaniyasi Future Group’dan riteyl-biznesini sotib olişini e'lon qildi. Uşbu xarid Reliance’ga 3,4 mlrd dollarga aylanadi.
Osiyoning eng boy odami Mukeş Ambaniga tegişli bölgan Reliance şundoq ham bungaça Hindiston bozorida yetakçi örinni egallab kelayotgandi. Endilikda u mamlakatdagi dökonlarning uçdan bir qismini nazorat qiladi. Kompaniyaga Reliance brendi ostidagi supermarketlar va dökonlar hamda bir neça franşizalar, jumladan Hamleys qimmatbaho buyumlari va öyinçoqlar dökonlari tegişli.
Boşqa bir hind milliarderi Kişor Biyaniga tegişli Future Group kompaniyasi Hindistonda yirikligi böyiça 2-raqamli riteyl-tarmoqqa ega hisoblangan. Kompaniya tarkibiga öndan köproq brend ostidagi dökonlar tarmoği kirgan.












