Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning matbuot xizmati prezident öz qarorgohida ekanini ma'lum qildi. Buning isboti sifatida Lukaşenkoning Mustaqillik saroyida bronejilet kiygan va qölida avtomat bilan tasvirlangan surati namoyiş qilingan.

Ta'kidlanişiça, uşbu surat namoyişçilar saroy oldiga kelişgan vaqtda, mahalliy soat bilan 16da olingan.

Lukaşenko ötgan yakşanba, 23 avgustdagi namoyişlar vaqtida öz qarorgohiga vertolyotda kelgani videosi tarqalgandi. Belarus prezidenti öşanda ham bronejiletda va qölida avtomat bilan bölgan.

30 avgustda Minskda Mustaqillik saroyi oldida norozilik namoyişi bölib ötgan. Mamlakat içki işlar vazirligi 125 namoyişçi qölga olinganini ma'lum qilgan. Prezident qarorgohiga BTRlar kelgani, şahar markaziga BMPlar kolonnasi yöl olayotgani ma'lum qilingan. Saroy tomida qurollangan kişilar, taxminlarga köra, snayperlar payqalgan.  

29 avgustda Minskda köp minglik ayollar marşi bölib ötgandi. Namoyişçilar kuç xizmatlari xodimlari tomonidan yöl qöyilayotgan zöravonlikka qarşi çiqişgan.