Mahalla fuqarolar yiğinining raisi qaçonki şu mahallada yaşovçi barça fuqarolarning dardu-taşvişiga hamdard bölib, ularning hurmati va işonçini qozona olsagina, uni mukammal darajadagi rais – oqsoqol deyişga arziydi, deb yozadi Xorazm viloyati IIB axborot xizmati.
Gurlan tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinidan biriga raislik qilib kelayotgan, 1962 yilda tuğilgan N.A. ikki yoşga tölmagan farzandi uçun nafaqa tayinlanişida yordam sörab murojaat qilgan fuqaroga otalarça ğamxörlik qiliş örniga, aksinça 400.000 söm miqdorda pora talab qilgan.
Mazkur fuqaroning içki işlar organlariga qilgan murojaati asosida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, talab qilingan pulning bir qismini, ya'ni 350.000 söm pulni pora tariqasida olayotgan mahalla fuqarolar yiğini raisining qilmişi foş etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












