«Ma'lumki, milliy mustaqilligimizning boş maqsadi yurtimizdagi har bir insonning izzat-hurmati va qadr-qimmatini joyiga qöyişdan iboratdir. Biz ana şu ezgu işni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, kambağallikni kamaytirişni davlat siyosati darajasiga kötardik», dedi prezident.
Qayd etilişiça, ijtimoiy nafaqa bilan ta'minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oşirildi. Yil yakuniga qadar ularning soni hozirgi 774 mingdan 1 million 200 ming nafarga yetkaziladi.
«Uşbu toifani qöllab-quvvatlaş va iqtisodiyotimizni tiklaş uçun davlat budjetidan ön ikki yarim trillion söm mablağ ajratildi. Keyingi paytda uyma-uy yurib örganiş orqali aholini ijtimoiy himoya qiliş, ehtiyojmand oilalarni aniqlaşning öziga xos tizimi şakllantirildi.
Şu asosda, umumiy hisobda, moddiy yordam körsatiş uçun 417 milliard söm mablağ ajratildi. Şuningdek, sentabr oyida moddiy yordam va kömakka muhtoj, boquvçisini yöqotgan oilalarning farzandlarini va nogironligi bölgan bolalarni qişki kiyim-boş töplamlari, maktab formasi va öquv qurollari bilan ta'minlaş maqsadida 426 milliard sömga yaqin moddiy yordam körsatiladi.
Özbekiston tarixida ijtimoiy soha böyiça bunday keng kölamli işlar ilgari heç qaçon bölmagan», dedi Şavkat Mirziyoyev.











